Press-reliz

BMTning inson huquqlari va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha eksperti O‘zbekistonga missiya bilan tashrif buyuradi

26 noyabr 2021

Fionnuala Ni Aolain BMTning terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha Maxsus Ma'ruzachisi terrorizmga qarshi kurash amaliyoti va qonunlarning inson huquqlariga bo‘lgan ta'sirini baholash maqsadida 29 noyabrdan 7 dekabrga qadar O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil ekspert o‘z tashrifi davomida hukumat vakillari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, parlament a'zolari, siyosat bo‘yicha mutaxassislar va ombudsman bilan uchrashishni rejalashtirgan. Shuningdek, u O‘zbekistondagi BMTning tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan uchrashadi.  Shu bilan birga, Ni Aolain terrorizm bilan bog‘liq faoliyat va ekstremistik jinoyatlarda gumon qilingan yoki sudlangan shaxslar bilan suhbat o‘tkazish uchun hibsxonalarga boradi. 

Inson huquqlari bo‘yicha ekspert tashrifiga repatriasiya komponenti, jumladan, IShID bilan  aloqasi mavjudligi taxmin qilingan xorijiy jangchilar, shuningdek ayollar va bolalarni qaytarish, reabilitasiya va reintegratsiya qilish sohasidagi ilg‘or tajribani aniqlash ham kiradi.

Seshanba kuni,  7 dekabr, soat 15:00 da BMT binosida (Shevchenko ko‘ch., 4) bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida ekspert dastlabki kuzatuvlarini OAV bilan o‘rtoqlashadi. Missiya yakunlari bo‘yicha bayonotining va press-relizning nusxalarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida topish mumkin bo‘ladi. Matbuot anjumanida faqat jurnalistlarlar qatnashadilar.

Maxsus ma'ruzachi o‘z xulosalari va tavsiyalari bayon etilgan keng qamrovli ma'ruzasini 2022 mart oyida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga taqdim etadi.

Fionnuala Ni Aolain xonim, terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha Maxsus ma'ruzachi  2017 yil 1 avgustda o‘z vazifalarini bajarishga kirishgan. U bir vaqtning o‘zida Minnesota universiteti Huquqshunoslik maktabida Robina nomidagi huquq, davlat siyosati, jamiyat regent-professori va Kuins universitetining Belfast, Shimoliy Irlandiya huquq professoridir.

Maxsus ma'ruzachilar Inson huquqlari bo‘yicha kengashning maxsus proseduralari tarkibiga kiradi. Maxsus proseduralar BMTning inson huquqlari bo‘yicha tizimidagi eng yirik mustaqil ekspertlar organi, - bu Faktlarni aniqlash va monitoring qilish kengashining yo mamlakatlardagi  muayyan vaziyatlar bilan, yoki dunyoning barcha hududlarida tematik masalalar bilan shug‘ullanadigan mustaqil mexanizmlarining umumiy nomi. Maxsus prosedura ekspertlari ixtiyoriy ravishda ishlaydilar; ular BMT xodimlari hisoblanmaydilar va o‘z ishlari uchun oylik olmaydilar. Ular har qanday hukumat yoki tashkilotdan mustaqil bo‘lib, o‘z shaxsiy salohiyatlarida ishlaydilar.

BMT inson huquqlari, mamlakat sahifasi - O‘zbekiston

Qo‘shimcha ma'lumot olish va OAV savollari uchun, iltimos, Mishel' Erazo xonimga murojaat qiling (michelle.erazo@un.org  /+41 79 444 4860).

BMTning boshqa mustaqil ekspertlari bilan bog‘liq OAV savollari uchun:

Djeremi Lourens – OAV bilan ishlash bo‘limi (+ 41 22 917 9383 / jeremy.laurence@un.org)

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTIQOKB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari Boʻyicha Oliy Rkomissari Boshqarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar