Press Release

O‘zbekiston hukumati va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar 2023-2026 yillarda ta‘lim sohasida islohotlar o‘tkazish majburiyatini olmoqdalar

05 April 2023

Ta’lim sohasidagi milliy va xalqaro ekspertlar Yo’l xaritasini amaliyotga tatbiq etish va monitoring qilish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilmoqdalar. 

Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, Ta’lim bo’yicha global hamkorlik (GPE), UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda, 2023-2026 yillarda ta‘lim sohasini isloh qilish bo‘yicha Yo’l xaritasini taqdim etdi.

Sifatli ta’limdan adolatli foydalanishni ta’minlashga qaratilgan Yo’l xaritasi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini isloh qilish jarayonini jadallashtirish uchun juda muhim vositadir. Ushbu hujjat 2026 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasiga muvofiq 2026 yilgacha bo’lgan natijalar va maqsadlar belgilangan maktabgacha va maktab ta‘limini isloh qilishdagi o’lchash mumkin bo’lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi.

Rivojlanish boʻyicha hamkorlar Yo’l xaritasini tadbiq etish bo’yicha majburiyatlarini, jumladan keyingi uch yil davomida taʼlim sohasini takomillashtirishga 580 million dollardan ortiq sarmoya kiritilishni tasdiqladilar.

Photo: © UNICEF O'zbekiston

“Yo’l xaritasini ishlab chiqish taraqqiyot boʻyicha hamkorlarimiz bilan birgalikda islohot dasturini amalga oshirilishi uchun mantiqiy va muhim qadamdir. Ta’lim sektori uchun ishalb chiqilgan Yo’l xaritasi nafaqat ta’lim sohasida ishtirok etuvchi turli manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish, balki eng samarali yechimlarni kengaytirish imkonini berishi kutilmoqda”, dedi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova.

Ayni paytda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab olishni 80 foizga yetkazish uchun maktabgacha ta’lim tizimida qo‘shimcha 620 ming o‘rin hamda 2026 yilgacha xalq ta’limi tizimidagi maktablarda 1,2 millionga yaqin o‘rin kerak bo‘ladi.

“Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini Yoʻl xaritasini ishlab chiqishdagi yetakchiligi uchun tabriklayman. Yo‘l xaritasi 150 dan ortiq hamkorlar ishtirokida bo’lgan jarayon natijasidir. Yo‘l xaritasining birgalikda tasdiqlanishi O‘zbekistondagi barcha qizlar va o‘g‘il bolalar uchun ta’lim tizimini o‘zgartirish yo‘lidagi muhim qadamdir”, dedi Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) ijrochi direktori Laura Frigenti.

Ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan tashklotlar o’rtasida harakatlarni muvofiqlashtirish bo’lmagani Yo’l xaritasini ishlab chiqish zarurligini ko’rsatdi. Endilikda mazkur Yo’l xaritasi 54 ta hamkor tashkilotni birlashtirib, ta’lim sektoridagi islohotlarni amalga oshirish uchun aniq dasturni ta’minlaydi.  Mazkur hujjat etika, vijdon, korruptsiyaga qarshi kurash, adolat va inson huquqlarini amalga oshirish tamoyillariga asoslanadi.

“Sifatli inson kapitali davlat o’shishining asosidir. Mavjud demografik imkoniyatlarni dividendga aylantirish uchun Oʻzbekiston, rivojlanish boʻyicha hamkorlar bilan birgalikda, taʼlimga sarmoya kiritishni ustuvor yoʻnalish qilishda davom etishi kerak. Yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayonida bu yo’nalishdagi muhim qadamlar belgilab olindi”, dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. “Bunga erishish uchun maktab va maktabgacha ta’lim infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilishga yirik sarmoyalar kiritish, shu bilan birga sifatli inklyuziv taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash teng darajada zarurdir”, deya ta’kidladi u.

Prezident tomonidan 2023 yilni Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili deb e’lon qilinganiga javoban, Yo’l xaritasining bugungi taqdimoti rejalashtirish jarayonining tugashi emas, balki ta‘lim sohasida yanada yuqori natijalarga erishishdagi yo‘lining boshlanishidir. Hukumat va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik diqqat markazida bola bo’lgan adolatli ta‘lim tizimini takomillashtirishga hissa qo’shadi.

 

UN entities involved in this initiative

UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi

Goals we are supporting through this initiative