Press Release

“Ha! Silni tugatishimiz mumkin!”

23 March 2023

“Ha! Silni tugatishimiz mumkin!” — bu har yili 24 martda nishonlanadigan Butunjahon silga qarshi kurash kunining bu yilgi shiori.

Bu kun, 1882 yilda sil kasalligini qo'zg'atuvchi bakteriya topilgan paytdan boshlanadi. Butunjahon silga qarshi kurash kuni mamlakatlarni silga qarshi kurashni davom ettirish, ushbu sohaga investitsiyalarni ko'paytirish, silga qarshi kurashda innovatsiyalar kiritish va tarmoqlararo hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa joriy yilda bo’lib o’tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) silga qarshi kurash bo'yicha yuqori darajadagi yig’ilishi oldidan chaqiriqni yangilash imkoniyatidir.

Photo: © Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST), o’z hamkorlarini, JSST tomonidan tavsiya etilgan dorilarni per-oral qabul qilish orqali, dorilarga chidamli silni davolashning qisqaroq rejimlarini joriy qilishni tezlashtirishga chaqirmoqchi.

Joriy yilda JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Butunjahon silga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan Milliy konferensiya o‘tkazadi. Bu JSST, milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar uchun O'zbekistonda silga qarshi kurash bo'yicha yutuqlar va rejalar bilan o'rtoqlashish uchun ajoyib imkoniyatdir. Matbuot anjumani davomida JSST 2023-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMTning sil kasalligi bo‘yicha oliy darajadagi yig‘ilishiga O‘zbekiston va Polsha birgalikda mezbon sifatida tanlanganini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

UN entities involved in this initiative

JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti

Goals we are supporting through this initiative