Press Release

O‘zbekistonda Butunjahon cho‘llanish va sho‘rlanishga qarshi kurash kuni nishonlandi

17 June 2021

  • Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni sharafiga, O‘zbekistondagi FAO Vakolatxonasi tomonidan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi bilan birgalikda anjuman tashkil etildi.
Photo: © FAO

Ushbu anjumanda, vazirlik va idoralar, xalqaro va nodavlat tashkilotlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikga qarshi kurash masalalari bo‘yicha taqdimotlar bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari, tabiiy resurslarni kompleks boshqarishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.



1994 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikga qarshi kurash kuni joriy etilgan edi. Sana tasodifan tanlanmagan - 1994-yil 17-iyunida «Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va/yoki cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risida BMT konvensiyasi” qabul qilingan. Shartnoma, BMTga a'zo barcha davlatlar tomonidan imzolangan.



2021 yilning, cho‘llanish va qurg‘oqchilikga qarshi kurash kuni nishonlanadigan 17 iyun sanasi, degradasiyaga uchragan yerlarni tiklash va sog‘lom yer maydonlarini yaratish mavzusiga bag‘ishlanadi, buning natijsida iqtisodiyotning barqarorligi ta'minlanadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, aholining daromadlari oshadi va oziq-ovqat xavfsizligi mustahkamlanadi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, yerlarni qayta tiklash bioxilma-xillikni saqlashga hissa qo‘shadi. Buning natijasida, yerning isishiga ta'sir etuvchi atmosfera uglerodining yerda saklanib kolishi tufayli, iqlim o‘zgarishi jarayoni sekinlashadi. Shuningdek bu iqlim o‘zgarishi oqibatlarining yumshashiga olib kelishi va COVID-19 pandemiyasi tugagach, «yashil» tiklanishga asos bo‘lishi mumkin.

Photo: © FAO

O‘zbekistonda, 2017 yildan buyon CADI «Markaziy Osiyodagi cho‘llar bo‘yicha tashabbus» loyihasi amalga oshirilib kelmoqda. Ushbu loyiha, Birlashgan Millatlar oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan amalga oshirilib, Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda.



«Tashabbus, global ahamiyatga ega bo‘lgan noyob ekotizimli mo‘'tadil cho‘llarni saqlash va ulardan barqaror foydalanishga qaratilgan. Ular qushlar, shuningdek yovvoyi tuyoqli  hayvonlar uchun muhim migratsiya mintaqalaridir. O‘zbekiston bilan bir qatorda, Qozog‘iston va Turkmaniston ham CADI ning maqsadli mamlakatlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston hududining yarmidan ko‘prog‘i, cho‘llar bilan qoplanganligi, bu eko-tizimlarning mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatini tasdiqlaydi. Bugungi tadbirda, keng manfaatdor shaxslar doirasi uchun o‘quv kursi o‘tkazib, ularni tabiiy resurslarni kompleks boshqarish, shuningdek, yer resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha eng samarali texnologiyalar bilan tanishtirishdan mamnunmiz», - deya ta'kidlaydi CADI loyihasining O‘zbekistondagi Milliy koordinatori Narimon Nishonov.



FAO ning «O‘rta Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchilikga moyil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish (ISSAUZR-2)» loyihasi, qurg‘oqchilik xavfidan erta ogohlantirish va uning xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan. Mutaxassislar tomonidan qurg‘oqchilik va sho‘rlanish jarayonlarini boshqarish, shu jumladan sho‘rlanishni kamaytirish uchun innovasion yondashuvlar va texnologiyalarni namoyish etish, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli yangi ekinlarni joriy etish va fermerlarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi tamoyillar ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistonda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi loyiha hamkorlari hisoblanadi.



"Loyihaning umumiy maqsadi, tabiiy resurslarga bosim va salbiy ta'sirlarni kamaytirib, xatar va zaiflik darajasini pasaytiradigan, qishloq aholisiga qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga qarshi kurashda va bu holatlarga moslashishga yordam beradigan barqaror boshqaruv amaliyotini qo‘llagan holda, tabiiy resurslarni integratsiyalashgan boshqarish miqyosini kengaytirishdir», deydi loyihaning Milliy menejeri Muxammadjon Qosimov.

UN entities involved in this initiative

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Goals we are supporting through this initiative