Press-reliz

O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi muhokama qilindi

22 yanvar 2026

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi ofisi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

 

BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Sabine Mahl o‘z nutqida shunday dedi:

“O‘zbekiston–2030’ strategiyasini muhokama qilish 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik Dasturini amaliyotga tatbiq etishda markaziy ahamiyatga ega. Har ikki hujjat ham inson manfaatlarini markaziga qo‘yish, dalillarga asoslangan siyosat yuritish va hech kimni ortda qoldirmaslik tamoyillariga asoslanadi. Ularning uyg‘un holda ishlab chiqilishi milliy ustuvor yo‘nalishlarni aniq va o‘lchanadigan natijalar bilan bog‘lash uchun muhim imkoniyat yaratadi.” 

Davra suhbati davomida ishtirokchilar “O‘zbekiston–2030” strategiyasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan yuqori darajada uyg‘un ekanini qayd etdilar. Strategiyada inson kapitalini rivojlantirish, inklyuziv iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va atrof-muhit barqarorligi asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

Rasm: © BMT axborot markazi

Shuningdek, strategiyani yanada kuchaytirish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi. Jumladan, xalqaro ko‘rsatkichlar bilan uyg‘unlikni kuchaytirish, umumiy natijalar va tarmoq darajasidagi maqsadlarni aniq ajratish, shuningdek bolalar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa zaif guruhlar manfaatlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur davra suhbati “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirish jarayonida manfaatdor tomonlar o‘rtasida ochiq va konstruktiv muloqot olib borish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

DVI
Doimiy Vakil Idorasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar