Press-reliz

Toshkentdagi Britaniya Menejment Universitetida Model BMT o‘tkazildi

17 yanvar 2026

Toshkentdagi Britaniya Menejment Universiteti tomonidan Model Birlashgan Millatlar Tashkiloti (Model UN) konferensiyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Tadbirda 9 ta ta’lim muassasasidan 150 nafardan ortiq talaba va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Anjuman yoshlar uchun dolzarb global masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq va samarali muloqot maydoniga aylandi.

Model UN doirasida o‘tkazilgan interaktiv sessiyalar orqali ishtirokchilar diplomatiya, muzokaralar olib borish va jamoaviy ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar. Tadbir tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, turli nuqtai nazarlarga hurmat bilan yondashish hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qildi.

Jamoamiz ushbu  tashabbusning bir qismi bo‘lganidan faxrlanadi hamda yoshlarning yetakchilik, diplomatiya va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

DVI
Doimiy Vakil Idorasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar