BMT Oʻzbekiston Jamoasi 2025 yilgi “Genderga asoslangan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik” kampaniyasiga start berdi
24 noyabr 2025
16 kunlik faollik 25 noyabrdan 10 dekabrgacha davom etadi va jahon miqyosidagi mavzu — “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashamiz (UNiTE).”
BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili koordinatori Sabine Mahlni fikricha:
“So‘nggi yillarda O‘zbekiston muhim huquqiy islohotlarni amalga oshirdi, maishiy zo‘ravonlikni jinoyat deb e'lon qildi, gender ma'lumotlar tizimlarini kengaytirdi va hududlarda ham himoya xizmatlarini kuchaytirdi. Bu islohotlar raqamli zo‘ravonlikka qarshi kurashishda mustahkam poydevor yaratdi. Biroq raqamlashtirish tezlashayotgan bir vaqtda, qonunchilik, xizmatlar va xabardorlik ham shunga mos ravishda rivojlanishi zarur.”
16 kun davomida BMT va hamkorlar mamlakat bo‘ylab bir qator tadbirlarni amalga oshiradi, jumladan:
1.Texnologiyalar orqali sodir etiladigan genderga asoslangan zo‘ravonlik bo‘yicha huquqiy tahlil taqdimoti.
2. “BodyRight” raqamli ijtimoiy harakatiga start beriladi.
3. 9 ta viloyatda erkaklarning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan “Gender choyxona” va “Oilani qo‘llab-quvvatlash klubi” tashabbuslari.
4. Genderga asoslangan zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishda huquqni muhofaza qilish organlari salohiyatini oshirish bo‘yicha treninglar.
5. Xususiy sektor bilan hamkorlikda xabardorlik kampaniyalari.
6. Ayollar huquqlarini islomiy qadriyatlar nuqtai nazaridan ilgari surish bo‘yicha diniy tashkilotlar bilan hamkorlik.
7. O‘smir qizlar va o‘g‘il bolalar tarbiyachilari uchun gender-transformativ tarbiya dasturiga start berish.
8. Qizlar va ayollar uchun intensiv IT va raqamli amaliyot dasturi.
O‘zbekiston ayollar va qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdi. Endi esa raqamli makon kengayayotgan bir paytda, qonunlar, xizmatlar va jamoatchilik ongining texnologiya bilan birga rivojlanishi muhimdir. Ushbu 16 kunlik tashabbus zo‘ravonlikni tugatish har bir hududda, onlayn hamda oflayn maydonlarda, amaliy harakatni talab qilishini eslatadi.
BMT mamlakat jamoasi barcha davlat idoralarini, fuqarolik jamiyati tashkilotlarini, xususiy sektorni, yoshlar uyushmalarini va mahalliy yetakchilarni ushbu kampaniyaga qo‘shilishga chaqiradi.