Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoda tinchlik, xavfsizlik va mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Global muloqot uchun ochiq maydon yaratadi, nizolarni bartaraf etib, gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, turli agentliklar faoliyati va dasturlar orqali qashshoqlik, iqlim o‘zgarishi, inson huquqi kabi dolzarb masalalarni hal qilishga ko‘maklashadi. Bir so‘z bilan aytganda, barqaror va adolatli dunyo yaratishga intiladi.
Mazkur xalqaro tashkilotning bugungi kundagi faoliyati haqida haqqoniyroq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida O‘zA muxbiri BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Sabine Mahlga bir necha savol bilan murojaat qildi.
Suhbat chog‘ida, ayniqsa, xalqaro darajadagi hamkorlikning hal qiluvchi roli, O‘zbekistonning tashkilotdagi mavqei, yoshlar o‘rtasida siyosiy qarashni shakllantirish muhimligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Help us improve your experience.
We are upgrading this website platform to make it clearer,
faster and more accessible.
Can you take a two-minute survey to share your feedback and help shape this upgrade?