Press-reliz

Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bo‘ldi

02 sentabr 2022

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayevani Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari etib tayinladi. Roza Otunbayeva bu lavozimda kanadalik Debora Lionsning o‘rnini egalladi.

Otunbayeva yetakchilik, diplomatiya, fuqaroviy faollik va xalqaro hamkorlik sohasida 35 yildan ortiq professional tajribaga ega.

Roza Otunbayeva 2010−2011 yillarda Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. U uch marta , jumladan, oxirgi marta 2005 yilda tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Shuningdek, parlament deputati bo‘lgan. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligida bir qancha yuqori diplomatik lavozimlarda ishlagan, jumladan, Qirg‘izistonning AQSh va Kanadadagi elchisi (1992−1994-yillarda) hamda Qirg‘izistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi (1997−2002-yillarda).

1989−1991 yillarda Otunbayeva YUNESKO ishlari bo‘yicha Sovet milliy komissiyasining raisi bo‘lgan. 2002−2004 yillarda BMTda BMTning Gruziyadagi kuzatuvchilar missiyasida bosh kotibning maxsus vakili o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Hozirda BMT bosh kotibi huzuridagi Vositachilik bo‘yicha Oliy darajadagi maslahat kengashi a’zosi, Qirg‘izistondagi "Roza Otunbayeva tashabbusi" jamg‘armasi rahbari.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UN
United Nations

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar