Press-reliz

O‘zbekistonda Xalqaro yoshlar kuni nishonlanadi

12 avgust 2022

Har yili 12 avgustda dunyo bo’ylab Xalqaro yoshlar kuni nishonlanadi. Bu kun butun dunyoda yoshlarning salohiyatini oshirish, turli xil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni  jamiyat hayotida teng ishtirok etishiga qaratilgan tashabbuslarni o‘tkazish maqsadida nishonlanadi.

Rasm: © UN in Uzbekistan

Bu yil Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan BMTning O‘zbekistondagi agentliklari O‘zbekiston yoshlar agentligi va O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi  bilan hamkorlikda Toshkentdagi “Central Park” istirohat bog'ida  bayram tadbiri tashkil etmoqda.

Xalqaro yoshlar kunini nishonlash doirasida o‘quv va interaktiv kvestlar, konsert dasturi, teatrlashtirilgan tomosha, flesh-moblar, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan va Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlangan  videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. 

Rasm: © UN in Uzbekistan

Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda 200dan ortiq  ishtirokchilar gender tengligi, ta’lim, reproduktiv salomatlik, ruhiy salomatlik, bandlik, ekologiya, qishloq xo‘jaligi biznesi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’rifiy mahorat darslari, infosessiya va amaliy seminarlarda ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilar, shuningdek, BMT agentliklarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlari doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan batafsil tanishish va yoshlar uchun muhim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar aholining 60 foizini tashkil qiladi. 15-20 yil ichida ular O‘zbekistonda  eng yirik ishchi kuchiga aylanadi, bu esa O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga olib chiqish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Xalqaro yoshlar kunini nishonlash doirasidagi barcha tadbirlar yoshlarni Barqaror rivojlanish  maqsadlarini targ’ib qilishga  va yoshlani birlashtirishga, BMT faoliyati haqida ma’lumot berishga, turli avlodlar o‘rtasida fikr va ko‘nikmalar bilan o’zaro almashishga qaratilgan.

Axborot sessiyalarida, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining “2022-yilda yoshlar bandligining global tendentsiyalari” yangi hisoboti taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Anvar Meliboev

Anvar Meliboev

UNIC
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha milliy maslahatchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UN
United Nations

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar