Press-reliz

FAO O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yordam bermoqda

07 iyun 2021

  • 2021 yil 7-9 iyun', Toshkent - FAO / GEF ning “O‘zbekistonning tog‘li va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti asosida axborot markazi va  geoaxborot tizimlari laboratoriyasi (GIS) tashkil etildi. Yangi ob'ektlar, o‘rmonlarni hisobga olish va monitoring qilishning zamonaviy tizimiga asos bo‘ladi va shuningdek O‘zbekistonning o‘rmon xo‘jaliklarini keyingi raqamlashtirishiga yordam beradi.
Rasm: © FAO

Axborot markazi va GIS-laboratoriyasining tantanali ochilishida vazirlik va muassasalar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etishdi. 



Axborot markazi o‘rmonlarni barqaror boshqarish maqsadida axborot xizmatlarini taqdim etish yo‘li bilan, axborot saqlash va tarqatish vazifasini bajaradi. O‘z navbatida GIS-laboratoriyasi maydonli (geografik) axborotlar va zarur ob'ektlardagi ular bilan bog‘liq ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va grafik vizuallashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi. Axborot markazi va GIS-laboratoriyasi o‘rmon ekotizimini tahlil qilishni takomillashtirish, yo‘ldosh navigasiyasi vositalaridan foydalanib o‘rmon fondi yerlarini to‘liq hisoblash va monitoring qilinishini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.  O‘rmon xo‘jaligi mutaxassislarida  o‘tqazilgan o‘rmon daraxtlarining zamonaviy ro‘yxatini yaratish va uni O‘rmon xo‘jaligining yagona elektron ma'lumotlar bazasiga kiritish imkoni paydo bo‘ladi. Shunday qilib, axborot markazi va GIS-laboratoriyasining yaratilishi O‘zbekistonda o‘rmonlarni barqaror boshqarish bo‘yicha tadbirlarning raqamlashtirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Rasm: © FAO

“Yangi axborot markazi va GIS-laboratoriyasining ochilishi o‘rmon barpo etilishiga ta'lluqli bo‘lgan axborotlarni an'anaviy saqlash usulidan zamonaviy elektron-raqamli tashuvchilarga o‘tkazilishini bildiradi. Endi bizda o‘rmon fondi yerlarining holati to‘g‘risida kelib tushayotgan ma'lumotlarni real vaqt rejimida ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bularning barchasi o‘rmon ekotizimining tahlil qilinishini yaxshilash, degradasiya va cho‘lga aylanish bilan kurashish  bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish, uzoq muddatli o‘rmon xo‘jalik tadbirlarini rejalashtirish imkonini beradi”, -deydi FAO/GEF ning “O‘zbekistonning tog‘li va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi texnik koordinatori Olimjon Qahhorov. “ GIS-laboratoriyalari tufayli, biz zamonaviy yo‘ldosh tizimlari yordamida katta aniqlik bilan raqamli xaritalar yarata olamiz. Avval 2-3 yilda eskirib qoladigan qog‘oz xaritalarga kiritish yo‘li bilan bir yilda 2-5 ta o‘rmon tashkilotlarini hisoblashni amalga oshirgan bo‘lsak, endi  bizda o‘rmon xo‘jaliklaridagi o‘zgarishlarni real vaqt rejimida elektron xaritalarga kiritish imkoni paydo bo‘ldi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tufayli endi O‘rmon xo‘jaligi, mamlakatning ekologik muammolariga ham tezkor javob bera oladi”.

Rasm: © FAO

Tadbir davomida, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, yuqori malakali xodimlarni tayyorlash, mintaqalarda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va sohaning boshqa muhim masalalari muhokama qilindi.

Guzal

Guzal Fayzieva

FAO
Kommunikatsiyalar bo'yicha milliy maslahatchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar