Press-reliz

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi O‘zbekistonga uskunalarni taqdim etdi

26 fevral 2021

  • 26 fevral kuni O‘zbekiston hukumati hamda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi chegaralarda hamkorlik idoralari va O‘zbekistondagi Idoralararo ko‘chma guruhlar salohiyatini kuchaytirish orqali mintaqaviy transchegaraviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma tashabbusi asosida O'zbekistonga yetkazib kelingan uskunalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan umumiy qiymati 674 000 AQSH dollariga teng 14 dona avtotransport, strategik, taktik uskunalar va multimedia texnikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etildi.

Rasm: © BMT axborot markazi

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTGJB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand Moddalar va Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo'yicha Boshqarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar