Press-reliz

UNICEF nogironligi bo’lgan bolalar va yoshlar uchun inklyuzivlikni ta’minlashga chorlamoqda

03 dekabr 2020

  • Xalqaro nogironlgi bo’lgan insonlar kuni dunyo miqyosida nishonlanar ekan, UNICEF nogironligi bo’lgan bolalar va yoshlar uchun inklyuziv siyosat yuritishga va ijtimoiy himoya xizmatlarini kengaytirishga chaqiradi.

"Nogironligi bo’lgan insonlar kunini bu yil nishonlash odatdagidan boshqacha sharoitda – COVID-19 nogironligi bo’lgan insonlar uchun tengsizlikni kuchaytirgan va xizmatlar taqdim etilishini uzgan vaqtda bo’lyapti," - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakoltxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Bu davrdan chiqib borar ekanmiz, nogironligi bo’lgan bolalar va yoshlarga, qo’shimcha qiyinchiliklarni yaratmasdan, balki imkoniyatlarni keng ochib berishga xizmat qiladigan yondashuvlar, siyosat, tizim va xizmatlarni qayta ko’rib chiqish nihoyatda muhidir.”

Rasm: © UNICEF Uzbekistan

COVID-19 inqirozidan avval ham nogironligi bo’lgan shaxslar kambag’allik, ta'lim, sog'liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy faollik nuqtai nazaridan sezilarli tengsizlikka duch kelganlar. COVID-19 inqirozi bu to'siqlar va tengsizliklarni kuchaytirib yubordi.

Yangi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, COVID-19 paytida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning 80 foizdan ko'prog'i nogironlik bilan bog'liq sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar bo’lgani to’g’risida, to'rtdan bir qismi esa nogironligi bo’lgan insonlarni ijtimoiy himoya qilish tizimidagi uzilishlar haqida xabar bergan. Bundan tashqari,ularning kamida yarmida, nogironligi bo’lgan bolalar pandemiya davrida ta’lim olishlari uchun hukumatlar tegishli choralar ko’rmagan.

O'zbekiston bo’yicha joriy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, nogironligi bo’lgan bolalarning qariyb har 2 tasidan 1 nafari juda ko’pxarajat va noqulay tizim sababli nogironlik bo’yicha universal nafaqalarni olish imkoniyatiga ega emas.

Nogironligi bo’lgan bolalar uchun imkoniyatlar ham yetarli emas. Masalan, nogironligi bo’lgan yoshlar orasida ta'lim, mehnat yoki kasb o’rganish bilan band bo'lmaganlar 77% ni tashkil qilsa, bu ko’rsatkich og'ir nogironligi bo’lganlar uchun 91% ga etadi. Bundan tashqari, nogironligi bo’lgan bolalar, ayniqsa qizlar maktabga bormaydilar yoki o’qisgni tashlab ketadilar.

Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda nogironligi bo’lgan bolalar internat muassasalaridagi bolalrning eng ko’p qismini tashkil etadi. Inlyuzibni ta’minlash va bolalarning o’z oilalarida yashash huquqini ta'minlash uchun choralar ko'rish zarur.

"Biz yaqinda nogironligi bo’lgan insonlarning huquqlari to'g'risidagi qonun qabul qilinganligini va ta'lim to'g'risidagi qonunga barcha bolalar uchun sifatli inklyuziv ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytiradigan o'zgartishlar kiritilganini qutlaymiz,"- dedi Munir Mamedzade. "Umid qilamizki, O'zbekiston nogironligi bo’lgan qizlar va o'g'il bolalar, ayollar va erkaklar huquqlarini to'liq amalga oshirilishini ta'minlash hamda Konvensiyani ratifikatsiya qilish yo'lida olg’a sari yana bir qadam tashlaydi".

UNICEF bolalar va ayollarning universal huquqlarini himoya qilishni ilgari suradi va bu borada BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi asosiy dasturamaldir.

Nargiza Egamberdieva

Nargiza Egamberdieva

UNICEF
Kommunikatsiyalar bo'yicha maslahatchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar