Doktor Kuppens JSSTning O‘zbekistondagi vakili sifatidagi faoliyatini 2017-yil yanvarida boshlagan. U BMT tuzilmasi, jumladan, JSST, YuNISEF, BMTTD va GMMBda 20 yildan oshiq ish tajribasiga ega. Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoning bir necha mamlakatlari, shuningdek, daromad darajasi past va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlardaxalqaro tashkilotlarning bosh qarorgohlari darajasida va favqulodda vaziyatlarda ishlagan. Hozirgi lavozimiga o‘tgunga qadar Bangladeshda YuNISEFning sog‘liqni saqlash va ovqatlanish masalalari bo‘yicha rahbari (2012 – 2016), Syerra-Leoneda YuNISEFning sog‘liqni saqlash, OIV, ovqatlanish, suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena masalalari bo‘yicha rahbari (2010 – 2012), Myanmada BMTD/GMMBning klasterlararo muvofiqlashtiruvchisi (2008 – 2010) va Myanmada JSSTning OIV hamda favqulodda vaziyatlarga javob qaytarish va tayyor turish choralari bo‘yicha mamlakatdagi muvofiqlashtiruvchisi (2006 – 2010) bo‘lgan. Doktor Kuppens Niderlandiyaning Neymegen universitetida tibbiyot xodimi hamda ijtimoiy sog‘liqni saqlash va epidemiologiya sohasida magistrlik (Antverpen, Belgiya) darajalariga ega.